12.11.2008 yildagi 245-son
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, maqsadli dasturlarni va xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilishga yo‘naltirilgan boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi)ni tashkil etishga haqlidir.
2. Jamg‘arma mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydi va ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni jamlash uchun tashkilotning tegishli boshqaruv organining qarori asosida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)