Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 20.11.1991 yildagi 436-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR HAMDA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-moddaning 1 bandidagi “v” kichik bandida “va hunar-texnika bilim yurtlari” soʻzlaridan soʻng, “shu jumladan oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 3-moddaning 1 bandidagi “t” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“t) davlat korxonalari mol-mulkini sotib olishga, aksiyalar xarid etishga va shu maqsad uchun berilgan qarzlarni uzishga ishlatiladigan, soliq solinishi kerak boʻlgan fuqarolar ish haqi va boshqa daromadlarining summasi, shuningdek aksiyalar boʻyicha olingan va aksiyali jamiyatning yoki divident olingan korxonalarning aksiyalarini sotib olishga ishlatiladigan dividentlar. Aytib oʻtilgan mol-mulk va aksiyalarni sotish vaqtida ilgari soliqdan ozod qilingan daromadlardan umumiy asoslarda soliq olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 4-moddaning 1-bandidagi “o” kichik bandi “Afgʻoniston Respublikasida” soʻzlaridan soʻng “va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 4-moddaning 2-bandi quyidagi mazmundagi “s” va “t” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“s) Chernobil falokati oqibatida jafo chekkan fuqarolar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatida nurlanish kasalligi bilan ogʻrigan va bunday kasallikni boshidan kechirgan fuqarolar, shuningdek nogironlikning kelib chiqish sababi Chernobil falokati bilan bogʻliq ekanligi aniqlangan nogironlar, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil atom elektr stansiyasida ajratib qoʻyilgan tegra doirasida falokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaxslar (yoʻllanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilganlar ham shular sirasiga kiradi) yoki stansiyani ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar idoralarining xizmatni ajratib qoʻyilgan tegrada oʻtagan (oʻtayotgan) rahbar va oddiy xodimlari jumlasidan boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar — ofitserlar, praporshchiklar, michmanlar, SSSR Qurolli Kuchlarida, SSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasining qoʻshinlari va idoralarida, ichki qoʻshinlar va temir yoʻl qoʻshinlarida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda muddatdan tashqari xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, ayol harbiy xizmatchilar, haqiqiy muddatli xizmatni oʻtayotgan serjantlar va oddiy askarlar, shuningdek maxsus yigʻinlarga chaqirilgan va ajratib qoʻyilgan tegrada mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni oʻtashga majbur shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1986-yilda ajratib qoʻyilgan tegradan koʻchirilgan (ixtiyoriy ravishda koʻchib ketgan), shuningdek 1986-yil 26-apreldan eʼtiboran koʻchirib yuborilgan tegrada hamda koʻchirib yuborish huquqi saqlab qolingan tegrada yashab turgan (yashagan) shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1986-1987-yillarda ajratib qoʻyilgan tegrada Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan yoki shu davrda Chernobil atom elektr stansiyasini ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band boʻlgan shaxslar (shu jumladan yoʻllanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilgan shaxslar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayerda joylashganligi va qanaqa ish bajarganligidan qatʼi nazar, ushbu kichik bandning beshinchi xatboshisida sanab oʻtilgan harbiy xizmatchilar hamda maxsus yigʻinlarga chaqirilib, 1986-1987-yillarda mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni oʻtashga majbur shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar idoralarining 1986-1987-yillarda ajratib qoʻyilgan tegralarda xizmatni oʻtagan boshliqlari va oddiy askarlari jumlasidan boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) qishloq joylarda yashaydigan, xoʻjaligi qishloq xoʻjalik soligʻi yoki yer soligʻi toʻlashdan ozod etilgan, 60 yoshga toʻlgan erkaklar yoki 55 yoshga toʻlgan ayollar — xoh yakka tartibda, xoh tadbirkorlar jamoasi tarkibida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar yuzasidan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 10-moddada “13 foiz” soʻzi “12 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
436-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 50-modda)