30.07.2008 yildagi O‘RQ-164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-moddadagi “yaratish” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 4-moddaning birinchi qismidagi “chiqarishda” degan soʻz “qabul qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoat mulki obyektining patenti sanoat mulki obyekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha oltinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 6-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Har qanday sohada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli boʻlgan texnik yechim ixtiro sifatida eʼtirof etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqining buzilishi deb eʼtirof etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “ixtiro” degan soʻz “sanoat mulki obyekti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoat mulki obyekti ustuvorligi oldin topshirilgan bir nechta talabnoma yoki ularga doir qoʻshimcha materiallar asosida bu talabnomalar va qoʻshimcha materiallarga nisbatan ushbu moddada belgilangan shartlarga rioya qilingan holda belgilanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Patent idorasi patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat boʻlgan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent boji toʻlangan taqdirda, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrov yoʻllangan sanadan eʼtiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli soʻrov unga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu obyektlardan qaysi birini koʻrib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib koʻrsatilgan obyekt davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekspertizasi soʻrovi boʻyicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji toʻlangan taqdirda, Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab koʻpi bilan oʻn ikki oy ichida topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi maʼlumotlar Patent idorasi tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi axborotni ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi yoki foydali model va sanoat namunasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy ravishda eʼlon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ixtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa, bunday talabnoma boʻyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent idorasi tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“211-modda. Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtganidan keyin rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra Patent idorasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan ixtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganidan keyin har qanday shaxs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Ixtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “patent berishni rad etish haqida qaror chiqarilib” degan soʻzlar “Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismidagi “foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib” degan soʻzlar “Patent idorasi foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23-modda. Ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent idorasi patent boji toʻlangan taqdirda, talabnoma beruvchining yoki har qanday shaxsning iltimosnomasiga koʻra ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazadi. Iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchi kelib tushgan iltimosnomalar haqida Patent idorasi tomonidan xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani topshirish muddati bunday iltimosnoma bilan birgalikda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, talabnoma beruvchining talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil oʻtguniga qadar topshirilgan iltimosnomasiga koʻra Patent idorasi tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent idorasi patent boji toʻlangan taqdirda, sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning patent berish haqidagi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat ichida toʻlanishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat buzilgan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning yoki muhim belgilari majmui bilan ifodalangan sanoat namunasi sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddat ichida Apellatsiya kengashiga apellatsiya berishi mumkin. Apellatsiya kengashi apellatsiya kelib tushgan sanadan eʼtiboran toʻrt oy ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“231-modda. Ixtironing vaqtinchalik huquqiy muhofazasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiroga ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sanadan ixtiro davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadigan sanaga qadar vaqtinchalik huquqiy muhofaza beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan boʻlsa yoki ushbu talabnoma boʻyicha Patent idorasi tomonidan patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat berish imkoniyati tugagan boʻlsa, vaqtinchalik huquqiy muhofaza yuz bermagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtirodan uning vaqtinchalik huquqiy muhofazasi davrida foydalanayotgan shaxs ixtiroga patent olinganidan keyin patent egasining talabiga koʻra unga miqdori patent egasi bilan kelishuv asosida belgilanadigan pul tovoni toʻlashi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 26-moddaning birinchi qismidagi “uch oy” degan soʻzlar “oʻn kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoat mulki obyekti patentining toʻla hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb daʼvo qilayotgan taraf zimmasida boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“281-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Patent idorasiga topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent egasining iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sana oraligʻidagi davrda sanoat mulki obyektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik koʻrgan shaxs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki obyektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 36-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat sirlarini oʻz ichiga olmaydigan ixtirolar va foydali modellarni boshqa davlatlarda patentlash tegishli talabnoma Patent idorasiga topshirilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtganidan keyin amalga oshirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 38-moddadagi “yaratish” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-164-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)