Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 06.05.2008 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOʻLIShLARI QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun xorijiy fuqarolarning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 40-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“40. Xorijiy fuqaro:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan taqdirda, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar boʻyicha yashaganda, vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtishning, harakat qilish yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya qilmaganda, boʻlish muddati tugagandan keyin chiqib ketishdan bosh tortganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtish qoidalariga rioya qilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etgandan yoki oʻtagandan yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingandan keyin, keyinchalik kelish huquqini cheklagan holda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda oʻzining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 158-modda)