Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI UYUSHMASINI TUGATISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Maʼmuriy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, transport va transport kommunikatsiyalari sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi taʼsischilarining Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-oktabrdagi PF-3498-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-oktabr,
PF-3930-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 427-modda)