Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AYRIM QOHUN HUJJATLARI BAʼZI NORMALARINING AMAL QILIShINI VAQTINChA TOʻXTATIB TURISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 13-iyunda qabul kilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
2007-yil 13-iyunda qabul kilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda) 15-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi va 9-moddasining oltinchi qismidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlariga taalluqli normalarning amal qilishi 2008-yil 1-yanvargacha toʻxtatib turilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon kilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-iyul,
OʻRQ-105-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 298-modda)