20.07.2007 yildagi O‘RQ-103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SUDLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA, HARBIY SUDLAR FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA, SUDYALARNING MALAKA HAYʼATLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 323-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 23-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 2-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudyalar oliy malaka hayʼati raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati raisi Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalari orasidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari lavozimlariga koʻra sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari raislari hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati raisi sudyalarning malaka hayʼati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda sudyalarning malaka hayʼati zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Hayʼat raisi yoʻqligida uning vazifasini sudyalarning tegishli malaka hayʼati raisi oʻrinbosari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi sudyalar malaka hayʼatlari raislarining sudya kadrlar bilan olib borilayotgan ishlarning ahvoli haqidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatida sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va ularni tanlashda oshna-ogʻaynigarchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish hamda boshqa yoʻsindagi qoidabuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi sudyalarning tegishli malaka hayʼati raisini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatini tashkiliy-texnika jihatidan taʼminlashni, arizalarni qabul qilish va roʻyxatga olishni, hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirishni tegishli sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan sudyalar malaka hayʼati kotibi amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 11-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalik lavozimlariga zaxirada turgan shaxslarni belgilangan tartibda oʻqitishni ham tashkil etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 12-modda quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81) sudyalik lavozimlariga zaxirada turgan shaxslarni belgilangan tartibda oʻqitishni tashkil etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. Vakolat muddati tugayotgan sudyalarga nisbatan ularning nomzodini yangi muddatga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudyalar malaka hayʼatlarining mazkur shaxslarning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi xususidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori ularning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 47-modda birinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar” degan soʻzlar “tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 48-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“48. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi umumiy yurisdiksiya sudlari va xoʻjalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomani sudyalarning tegishli malaka hayʼatiga kiritish huquqiga ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) VII boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“VII. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar — sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari orasidan sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan lavozimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyaligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Sudyalar oliy malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, okrug va hududiy harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar hamda Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyaligiga (xoʻjalik sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodi koʻrsatilayotgan shaxslar bundan mustasno) nomzodlar zaxirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari oʻzini sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki boʻshab qolgan muayyan sudyalik lavozimiga qoʻyilish istagini bildirgan shaxslardan arizalar qabul qiladi. Mazkur sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaxirasiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, mutaxassisligi boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining sudyaligiga, xoʻjalik sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaxirasini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 61-moddasi talablariga rioya qilingan holda sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisidagi arizaga kadrlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasidan koʻchirma, oxirgi ish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisida ushbu Nizomning 52-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganligi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish va roʻyxatga olishni, hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirishni sudyalar malaka hayʼati kotibi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarning kasbiy, maʼnaviy-axloqiy va shaxsiy fazilatlari oʻrganilishini tashkil etadi hamda materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay malaka imtihonlari oʻtkazadi, mazkur imtihonlarning natijalariga koʻra sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki zaxiraga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalarning malaka hayʼatlari majlislarida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga nomzodlarning har biri xususida oʻz fikrini bildirishga, sudyalar malaka hayʼatining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda esa oʻz fikrini yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuborishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarga taalluqli maʼlumotlar sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishi rad etilgan shaxs bir yil muddat oʻtganidan soʻng tegishli ariza bilan takror murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Sudyalarning malaka hayʼatlari sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan hamda fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining va viloyatlar hamda Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga nomzodi birinchi marta koʻrsatilayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarda oʻqitishni tashkil etadi. Maxsus kurslarni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kunidan eʼtiboran uch yil mobaynida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda, sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar bu haqda sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan xabardor qilinadi. Bunda ushbu Nizomning 57-moddasida nazarda tutilgan sudyalik lavozimiga nomzodi birinchi marta koʻrsatilayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan taqdirdagina xabardor qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻshab qolgan sudyalik lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihoni topshiradilar, mazkur imtihon natijalariga koʻra sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari ularning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan shaxslarning sudyalik lavozimiga layoqatliligi darajasini sudlarning ixtisoslashuvini inobatga olgan holda, imtihon qabul qilish yoʻli bilan baholaydi. Bunda ularning mehnat faoliyati, shaxsi va dunyoqarashi eʼtiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalarning malaka hayʼati boʻsh boʻlgan sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nafar nomzodga doir materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
591. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga saylash yoki tayinlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-103-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 296-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)