Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Hukumat qarorlarini “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1971-yil 16-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari rayon Soveti toʻgʻrisida”gi (Qonunning 1980-yil 14-martdagi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil № 9, 106-modda);
1971-yil 16-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari shahar, shahardagi rayon Soveti toʻgʻrisida”gi (Qonunning 1980-yil 14-martdagi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 9, 107-modda);
1980-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari oblast Soveti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Rsspublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 32, ilova);
Viloyatlar, nohiyalar va shaharlarning hokimlari hamda ularning hokimiyat vakillik idoralari — xalq deputatlari Kengashlari bilan oʻzaro munosabatlari asoslari toʻgʻrisidagi Muvaqqat nizomni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 215-modda) tasdiqlash haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 27-fevraldagi Qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
914-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 321-modda)