08.11.2005 yildagi 152-I-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Tartibi, 08.11.2005 yildagi 152-I-son
Kuchga kirish sanasi
03.12.2005
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Cenati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini (bundan buyon matnda kelishuv komissiyasi deb yuritiladi) tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (84-modda), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi (30-31-moddalar), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi (25-modda) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi (16-modda), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi (11-12-moddalar) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (137—144-moddalar) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga (28-modda) muvofiq ishlab chiqildi.