13.04.2007 yildagi O‘RQ-91-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSINING 2411-MODDASIGA VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK KODEKSINING 44-MODDASIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 22-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar) 2411-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, yaʼni tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektini roʻyxatdan oʻtkazishni gʻayriqonuniy rad etish yoki roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlash, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni gʻayriqonuniy rad etish yoki uni berishdan boʻyin tovlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika hisobotini va boshqa hujjatlarni talab qilib olish yoxud nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlariga xilof ravishda talab qilib olish, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda gʻayriqonuniy aralashish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar) 44-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qoʻyilgan tartibini buzish yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga sabab boʻladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishning xabardor qilish tartibi belgilangan yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-91-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 154-modda)