Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 19.12.2006 yildagi PF-3831-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

TIJORAT BANKLARINING KAPITALLAShISh DARAJASINI OShIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimining barqaror rivojlanishini, tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni, ularning investitsiya va iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish jarayonlarida faol ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab 2010-yilning 1-yanvarigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividend sifatida olingan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliqqa tortish bazasi birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga teng miqdorda kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar tijorat banklarining 2007-yil 1-yanvardan boshlab sotib olingan aksiyalariga, shuningdek 2009-yilning 31-dekabriga qadar toʻlanadigan aksiyalar boʻyicha dividendlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvariga qadar tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklariga aholining boʻsh mablagʻlarini, tadbirkorlik subyektlarini, institutsional investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni tijorat banklarining aksiyadorlik kapitaliga jalb etish borasidagi faoliyatni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarning idoraviy normativ hujjatlari mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3831-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 503-modda)