Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 01.11.1991 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.11.1991 yildagi 275-son
Kuchga kirish sanasi
01.11.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DOʻLGA QARShI KOMPLEKSLARNI MUHOFAZA QILIShNI
KUChAYTIRISh VA ULARNI IChKI IShLAR ORGANLARINING
RUXSAT BERILUVChI TIZIMIGA KIRUVChI SOHALAR
VA OBYEKTLAR JUMLASIGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston respublika gidrometeorologiya boshqarmasining Harbiylashtirilgan xizmati tarkibida gidrometeorologiya jarayonlariga faol taʼsir koʻrsatuvchi 8 ta harbiylashtirilgan boʻlinmalar ishlab turibdi, ular tarkibiga 124 ta zenit quroli va 128 ta raketa qurilmasi kiruvchi, doʻlga qarshi zenit va raketa komplekslari bilan jihozlangan 63 ta oʻt ochish nuqtalariga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, bu qurol-yarogʻning xavfi katta ekanligiga qaramay, u ruxsat beriluvchi tizimga kirmaydi, shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya boshqarmasi xizmatlari ulardan jinoiy maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur choralarni taʼminlashga qodir emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya jarayonlariga faol taʼsir koʻrsatish ishlarida foydalaniladigan doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va ular uchun raketalarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish, foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va ular uchun raketalar ichki ishlar organlarining ruxsat beriluvchi tizimiga kiruvchi sohalar va obyektlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya boshqarmasining gidrometeorologiya jarayonlariga faol taʼsir koʻrsatuvchi boʻlinmalari tomonidan doʻlga qarshi komplekslarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gidrometeorologiya boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va raketalarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olishni va ulardan foydalanish tartibini boshqaruvchi idoralarga qarashli normativ aktlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish vazifasi topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Gidrometeorologiya boshqarmasi bilan birgalikda doʻlga qarshi qurollar, raketani ishga tushirish qurilmalari, snaryadlar va raketalarni roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etsin, ularning doimiy joylashgan oʻrinlarini aniqlasin, bundan keyin tegishlicha nazorat qilinishini va ulardan ijozat berilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi doʻlga qarshi komplekslar zarur darajada saqlanmagan yoki ulardan gʻayri qonuniy maqsadlarda foydalanish hollari aniqlangan paytlarda ularni musodara qilish va soʻngra vaqtinchalik saqlash uchun SSSR Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan harbiy omborlarga berish masalalarini tezlikda hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi doʻlga qarshi komplekslarning SSSR Mudofaa vazirligi harbiy omborlarida vaqtincha saqlanishi masalalarini kelishib olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 1-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275-son