Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BAYRAM KUNLARI TOʻGʻRISIDA
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 283-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tarixan tarkib topgan milliy anʼanalarga asoslanib, demokratizm, insonparvarlik qoidalariga yondashgan holda va fuqarolar oʻrtasida totuvlikni va marhamatlilikni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagi kunlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida bayram (dam olish) kunlari deb belgilansin: 1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navroʻz bayrami, 9-may — Gʻalaba kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, Roʻza xayit (Iyid al Fitr)ning birinchi kuni va qurbon xayit (Iyd al Adxa)ning birinchi kuni.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1971-yil 17-dekabrdagi qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlari Kodeksining 77-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1971-yil, № 34, 322-modda; 1977-yil, № 32, 494-modda) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77-modda. Bayram kunlari
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda quyidagi bayram kunlarida ishlanmaydi:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navroʻz bayrami;
9-may — Gʻalaba kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
Roʻza xayit (Iyd al Fitr) bayramining birinchi kuni;
Qurbon xayit (Iyd al Adxa) bayramining birinchi kuni”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
669-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 368-modda)