Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING
AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 22-iyundagi PF-3764-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 16-apreldagi 212-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2001-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga ilovaning 1-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-fevraldagi 89-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 16-modda) ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-iyun,
122-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 235-modda)