Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019 03.07.2006 yildagi PQ-397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublikada davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soliq akademiyasi va uchta soliq kasb-hunar kolleji tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, Soliq akademiyasi faoliyatini oʻrganish davomida taʼlim jarayoni va davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash sifatining pasayishiga olib kelgan jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Soliq xizmatlarining hududlar boʻyicha malakali kadrlarga boʻlgan talablarini hisobga olgan holda tinglovchilarni tanlashning aniq tartibi va mezonlari joriy etilmagan. Oʻquv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, oʻquv adabiyotlarning yangi avlodi bilan taʼminlanish hamon past darajada qolmoqda. Akademiya rahbariyati tomonidan professor-oʻqituvchi xodimlarni tanlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Soliqqa tortish muammolariga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borish, pedagoglarning malakasi va mahoratini oshirish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy talablar darajasida professional faoliyat yurita oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va davlat soliq xizmatlari organlarini toʻldirishni taʼminlash boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyatiga Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etish, unga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini taʼminlash, professor-oʻqituvchi kadrlar tanlash ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Akademiya kafedralari faoliyatini takomillashtirish, rahbariyat va professor-oʻqituvchilar tarkibini mustahkamlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq xizmati kadrlariga qoʻyilgan malaka talablarini hisobga olgan holda davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda oʻqitish metodikalari yangilangani va belgilangan tartibda tasdiqlangani, talabalar bilimlarini baholashning reytingli tizimi takomillashtirilgani, Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish dasturi ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Soliq akademiyasi davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha soliq xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirishni taʼminlovchi respublikaning bazaviy ilmiy-metodik markazi hamda oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq akademiyasi Nizomiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilgacha hududlar boʻyicha davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2006/2007 oʻquv yilida, istisno tariqasida, soliq kollejlari bitiruvchilari bilan bir qatorda, iqtisod yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bitiruvchilarini ham bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqishga respublikaning oliy oʻquv muassasalari uchun belgilangan yagona qoida va tanlov asosida Soliq akademiyasiga qabul qilishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir hafta muddatda 2006/2007 oʻquv yilida soliq kollejlariga oʻquvchilar qabul qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Soliq akademiyasining professor-oʻqituvchilar tarkibi attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq akademiyasini yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirishda, taʼlim jarayonini oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi va oʻqitishning zamonaviy texnika vositalari bilan taʼminlashda, Akademiyani zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlashda, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashda koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Isteʼdod” jamgʻarmasi bilan birgalikda Soliq akademiyasi professor-oʻqituvchi kadrlarining respublika va xorijdagi yetakchi taʼlim muassasalarida malaka oshirishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-397-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 248-modda)