ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati kafolatlarini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.11.2026 yildagi PF-247-son

Farmon bilan:

mahalliy Kengashlarda eshitiladigan hisobotlar va ularning muddatlari

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘z hisoboti (axboroti)ni belgilangan muddatda mahalliy Kengashga shaxsan taqdim etishi

har chorakda bir marta Kengash sessiyasida kun tartibidagi birinchi masala sifatida, qoida tariqasida, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida saylov okruglaridagi muammolar aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib muhokama o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek:

2028 yil uchun mahalliy byudjet loyihasini shakllantirishda byudjet xarajatlarining 3 foizdan 5 foizgacha qismini hudud toifasidan kelib chiqib, bevosita deputatlar tashabbusi asosida yo‘naltiriladi.

Deputatlarning byudjet tashabbuslari kelgusi yil uchun byudjet so‘rovini shakllantirish muddatidan kamida 1 oy oldin shakllantiriladi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy Kengashlari sessiyasida fuqarolarning kuzatuvchi sifatida sessiya ishiga aralashish huquqisiz ishtirok etish amaliyotini joriy etiladi.

Shuningdek, Farmon bilan:

mahalliy Kengash deputatining tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqi uning darajasidan (viloyat, tuman, shahar) kelib chiqib amal qilishi belgilandi;

mahalliy Kengashlarga ularning qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan yoki belgilangan tartibda hisobot taqdim etmagan mansabdor shaxslarni egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoxud ularni intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha yuqori turuvchi organga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish vakolati berildi.