Qarorga ko‘ra, alohida hollarda davlat sirlari bilan bog‘liq yoki alohida muhim toifalangan obyektlar Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Davlat qabul komissiyasi (Komissiya) hamda buyurtmachilar tomonidan ishchi komissiya tuzilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri(ushbu komissiyalarning dalolatnomalarini rasmiylashtirish va tasdiqlash orqali) foydalanishga qabul qilinadi.
Bunda:
Komissiyaning qurilishi yakunlangan loyihalar doirasidagi obyektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan holda obyektlar foydalanishga qabul qilinadi.
Komissiya tomonidan tuziladigan dalolatnomani rasmiylashtirishdan oldin Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish obyekti belgilangan tartibda nazorat o‘lchovidan majburiy o‘tkaziladi.