ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 03.10.2026 yildagi PF-213-son

Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi:

maktabgacha taʼlim va tarbiya;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim;

kasbiy taʼlim;

oliy taʼlim;

oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

qo‘shimcha va norasmiy taʼlim.

Taʼlim va ilm-fan vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.