Рус
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.10.2026 yildagi PQ-359-son
Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi.
Taʼlim jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi.
Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.
O‘qish kunduzgi va muqobil taʼlim shakllarida tashkil etiladi.
2030/2031 o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.
2030/2031 o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.
Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual taʼlim asosida yo‘lga qo‘yiladi.