ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.10.2026 yildagi PQ-358-son

Qarorga ko‘ra, yuqoridagi OTMlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalar yuklandi:

yagona konseptual yondashuv asosida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;
pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;
pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.