Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 oktyabrdan respublikada tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi o‘tkaziladi. Bunda:
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab yashil hududlar joylashuvini aniqlash, yerlarni tayyorlash, ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish choralari ko‘riladi;
ko‘chat va butalarni ekish mavsumi:
2026 yil 1-noyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
2026 yil 5 noyabrdan Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
2026 yil 10 noyabrdan Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida;
2026 yil 20-noyabrdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida boshlanadi.
2027 yil 1 yanvardan “Yashil mahalla” loyihasi doirasida “Mahallani yashillashtirish” paketi joriy etiladi.
“Yashil mahalla” loyihasi doirasida mahallalarga O‘rmon agentligi tomonidan o‘rmonchi-murabbiy xodim biriktiriladi. Bunda:
“mahalla yettiligi” aʼzolari o‘rmonchi-murabbiy tomonidan har ekish mavsumi boshlanishidan oldin bir marotaba qisqa o‘quv kurslarida o‘qitiladi.