ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.08.2026 yildagi O‘RQ-1164-son

Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga, bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy anʼanalarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkinligi belgilandi.
 
Ilgari Kodeksda otaning ismi familiya sifatida berilishi nazarda tutilmagan edi.
 
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, elektron arxiv hamda nodavlat arxivlarni tashkil etish tartibi belgilandi.
 
Elektron arxivlarning o‘ziga xos talablari quyidagilardan iborat:
 
elektron arxiv tizimining apparat-dasturiy taʼminoti mavjudligi;
 
elektron arxiv fondlari va hujjatlarini yaratish uchun zarur vositalarning, shu jumladan raqamlashtirish qurilmalari va dasturlarining mavjudligi;
 
elektron arxiv hujjatlarini qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyatining mavjudligi;
 
elektron shakldagi arxiv hujjatining asl arxiv hujjati bilan bir xilligini taʼminlash;
 
elektron arxiv tizimining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish.
 
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki bo‘lmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshirish uchun nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkinligi ko‘zda tutildi.
 
Shuningdek, Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari aniq belgilandi.

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, maxfiy hujjatlar 30 yil mobaynida saqlanishi belgilandi.
 
Shuningdek, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlari belgilandi. Unga ko‘ra:
 
2019 yil 1 yanvargacha ish yurituvi yakunlangan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 75 yil mobaynida saqlanadi.
 
2019 yil 1 yanvardan eʼtiboran shakllantirilgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 50 yil mobaynida saqlanadi.
 
Shu bilan birga, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida olishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.
 
Rejim doirasida talabgor faoliyatini maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali vakolatli organga bepul xabar bergan holda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishi mumkin.
 
Rejimning amal qilish muddati 3 oy bo‘lib, ushbu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni (harakatni) litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.
 
Talabgor “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimining amal qilish muddati davomida:
 
o‘z faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish talablariga va shartlariga muvofiqlashtirish choralarini ko‘radi;
 
tegishli litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda oladi yoxud mazkur faoliyatni (harakatlarni) tugatadi.