Nizomga ko‘ra, mahallalarda sport to‘garaklarini tashkil etgan holda o‘zini o‘zi band qilgan trenerlar ixtiyoriy ravishda har yili 20 avgustga qadar sport maktablariga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi lozim:
mahallada tashkil etgan sport to‘garagining manzili, sport inshootining maydoni va sig‘imi;
sport to‘garagidagi mavjud sport turlari (tarmoqlari);
sport to‘garagida shug‘ullanuvchi sportchilar to‘g‘risida maʼlumotlar;
trenerlik faoliyati bo‘yicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikat.
Sport maktabi ariza kelib tushgandan so‘ng 5 ish kuni ichida arizani o‘rganib chiqib, trenerlarni sport maktabiga biriktiradi.
Bunda har bir tuman (shahar)dagi sport maktabi ko‘pi bilan 5 nafargacha trenerni biriktirish huquqiga ega.
Trenerlar quyidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish sharti bilan sport maktabi treneri uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorida har oy rag‘batlantirib boriladi:
vakolatli organ tomonidan belgilangan miqdor va meʼyorlar asosida sportchilarni tayyorlash;
“ERP sport” tizimida sportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
sportchilarning kunlik davomatini “Fase ID” tizimi orqali elektron ravishda doimiy kiritib borish.