ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Buxoro shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2026 yildagi 402-son

Unga ko‘ra, aholi soni va hududi:
 
aholi soni o‘sishi - 289,19 ming kishidan hisob davrida - 385,0 ming kishiga;
shaharning hududi - 7 966,78 gektardan hisob davrida - 11 847,06 gektarga o‘zgaradi.
 
Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
 
uy-joy fondi umumiy maydoni - 4 456,31 ming kv metrdan hisob davrida - 8 085,0 ming kv metrga;

uy-joy maydoni bilan taʼminlanish darajasi bir kishiga - 15,4 kv metrdan hisob davrida - 21,0 kv metrga;

uy-joy fondi qisqarishi hisob davrida - 114,66 kv metrni tashkil qiladi.
 
Aholining ijtimoiy soha obyektlariga bo‘lgan talabini amaldagi meʼyorlarga moslashtirish maqsadida soha ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda o‘zgaradi:
 
madaniy, maishiy va kommunal obyektlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga va amaldagi meʼyorlarga javob beradigan darajaga yetkazish;
 
bo‘sh hududlarda mavjud vaziyat bilan birgalikda markazni rivojlantirish, yangi jamoat majmualarini qurish.
 
Jamoat transporti, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar hisob davrida:
 
magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 km dan 203,0 km gacha oshiriladi (birinchi navbatda 155,35 km gacha);

yiliga yo‘lovchi tashishlar soni bo‘yicha - 163,8 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.