ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini filmlar orqali yanada oshirish tizimini keng joriy etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.07.2026 yildagi 372-son

Ushbu Nizom O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibini belgilaydi.
 
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish nazarda tutilgan xarajatlar summasi:
 
3 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz;
3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz;
5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz;
10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lsa – 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
 
Talabgor platforma orqali “rebate” dasturida ishtirok etish uchun belgilangan platforma orqali elektron ariza bilan murojaat qiladi.
 
Talabgor tomonidan O‘zbekiston hududida tasvirga olish ishlari yakunlangandan so‘ng, amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar 60 kun ichida platformaga kiritilishi zarur.
 
Komissiya xarajatlarning “rebate” dasturiga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani 15 ish kunida shakllantiradi.
 
“Rebate” dasturi bo‘yicha xarajatlarning bir qismi Komissiyaning ijobiy qaroriga muvofiq 5 ish kuni ichida xorijiy kinokompaniyaning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.