Nizom talablariga muvofiq MICE turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQS summasining 50 foizi respublika byudjeti hisobidan qaytariladi.
Tadbirkorlik subyekti MICE turizm tadbiri yakunlangan kundan eʼtiboran 3 oydan kechiktirmasdan, Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga (Qo‘mita) murojaat qiladi.
Murojaatga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi:
MICE turizm tadbiri to‘g‘risidagi maʼlumot;
tadbir dasturi;
tadbirni tashkil qilish xarajatlar smetasi yoki kalkulyatsiyasi;
elektron hisobvaraq-fakturalar hamda onlayn nazorat-kassa cheklari;
bank to‘lov hujjatlari;
chet el ishtirokchilari ro‘yxati hamda ularning O‘zbekistonga kirish va chiqish maʼlumotlari va boshqalar.
Qo‘mita hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi qaytarilgandan keyin aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim qilinishi natijasida qaytarish miqdori o‘zgargan taqdirda, ortiqcha qaytarilgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda respublika byudjetiga qaytariladi.