Nizomga ko‘ra, magistraturaga qabul jarayoni taʼlimning kunduzgi va kechki taʼlim shakllari uchun amalga oshiriladi.
Magistraturada o‘qish muddati – kunduzgi va kechki taʼlim shakllari uchun 1 yilni tashkil etadi.
Magistratura mutaxassisligining kechki taʼlim shaklida 1 haftada odatda, 5 kun o‘qitiladi va haftalik o‘quv soati hajmi 20 akademik soat qilib belgilanadi.
Magistraturaga yurisprudensiya bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlov, qoida tariqasida, avgust oyida o‘tkaziladi.
Tashqi abiturentlar uchun magistraturaga qabul Hukumatning 2025 yil 13 sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki abituriyentlar uchun qabul mutaxassislik fanlari, shuningdek, xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi sertifikat bo‘lmaganda, chet tilidan test shaklidagi tanlov orqali amalga oshiriladi.
Magistratura bitiruvchilariga magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi.