Reglamentga ko‘ra, talabgor xarajatlarni qoplash uchun hujjatlarni topshirish sanasida quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi;
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi;
sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan bo‘lmasligi.
Talabgor xarajatlarni qoplash uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali Turizm qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
“yashil” sertifikatning nusxasi;
2 tomonlama shartnoma va to‘lov topshiriqnomasining nusxalari.
Qo‘mita ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida uning belgilangan talablarga mosligini o‘rganib chiqadi.
Qo‘mita xarajatlarni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida talabgorning hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib beradi.