ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.06.2026 yildagi 299-son

Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
 
Ariza beruvchi har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.
 
Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi:
 
so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar to‘liq taqdim etilmagani;
 
so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlangani;
 
belgilangan miqdordagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani.
 
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15 iyuldan 6 avgustgacha ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
 
Bu haqda ariza beruvchiga YAIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.
 
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi.