O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi 2 tomonlama kelishuvlar doirasida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturini (Dastur) amalga oshirish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.
Farmoyishga ko‘ra, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (Agentlik) hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi Dasturni amalga oshirish uchun masʼul organlar hisoblanadi.
2026 yildan har 2 yilda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalar)ning faoliyati samaradorligini Dastur asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Dasturda ishtirok etuvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda mukofot nominatsiyalari ro‘yxatlari Agentlik va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan tasdiqlanadi.