ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.05.2026 yildagi PF-84-son

Farmonga ko‘ra, quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:

sohaga masʼul idoralarning bir-birini takrorlovchi funksiyalarini maqbullashtirish orqali yagona davlat boshqaruvini tashkil etish;

“daladan dasturxongacha” tamoyili asosida xavf tahliliga asoslangan nazorat tizimini joriy etish;

amaldagi sanitariya qoidalarini Alimentarius kodeksi standartlari, Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (WOAH), O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya (IPPC) talablariga muvofiqlashtirish.

Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi.

2027 yil 1 yanvardan xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan (turlari kengaytiriladigan) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash sohasidagi funksiyalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, Qo‘mita huzurida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti tashkil etiladi.