Farmoyishga ko‘ra, quyidagilar maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni yana-da takomillashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini tizimlashtirish va unifikatsiya qilish, ularning barqarorligini taʼminlash;
maʼmuriy huquqbuzarliklarni zamonaviy shart-sharoitlardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish;
huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda jazoning profilaktik taʼsirini inobatga olgan holda maʼmuriy javobgarlik choralarining mutanosibligini taʼminlash, muqobil jazo choralarini nazarda tutgan holda maʼmuriy jazo tizimini takomillashtirish.
Farmoyish bilan O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya (Idoralararo komissiya) tashkil etildi.
Adliya vazirligi Idoralararo komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.