ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.04.2026 yildagi O‘RQ-1142-son

Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, agar daʼvo bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravaridan, YATTlarga nisbatan 100 baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa 50 baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.

Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, agar daʼvo bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravaridan, YATTlarga nisbatan 100 baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.

Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat zonalarining direksiyalari – investitsiya bitimi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan tadbirkorlarning yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qilganda, davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi.