ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Hakamlik sudlari faoliyati yanada takomillashtirilishi hamda budjet intizomi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 21.04.2026 yildagi O‘RQ-1141-son

“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagilar bilan bog‘liq nizolarni hakamlik sudlari hal etmasligi belgilandi:

yer bilan bog‘liq;
binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash;
byudjet tizimi byudjetlaridan hamda davlat organlaridan, tashkilotlaridan va muassasalaridan, davlat ishtirokidagi korxonalardan, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan pul mablag‘larini undirish.

Shuningdek, Hakamlik sudyalari Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus dastur asosida o‘quv kursidan o‘tishi hamda o‘z bilimlarini va kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirib borishi kerakligi ko‘zda tutildi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, hakamlik sudlarini qonunga xilof ravishda tashkil etish, 

mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, 

mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.