ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Aholining ekologik turmush tarzini shakllantirish hamda tadbirkorlik subyektlarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish harakatlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.04.2026 yildagi 195-son

Ushbu Nizom “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, “Ekofaol fuqaro” maqomi har chorakda o‘tkaziladigan tanlov asosida har bir hududdan eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar tanlov ishtirokchilariga beriladi.

Tanlov ishtirokchilari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining maxsus platformasida ro‘yxatdan o‘tadi hamda talab etiladigan maʼlumotlarni kiritadi.

Yakuniy ballar aniqlangandan so‘ng 1 ish kuni ichida tanlov natijalari maxsus platformada eʼlon qilinadi.

Tanlov natijalari bo‘yicha 3 oy davomida har oyda kamida 80 ball – jami 240 va undan yuqori ball to‘plagan tanlov ishtirokchisiga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi.

“Ekofaol fuqaro” maqomi berilgan tanlov ishtirokchisi keyingi 3 oy uchun 80 balldan past ball to‘plagan taqdirda, “Ekofaol fuqaro” maqomi bekor qilingan hisoblanadi. 

“Ekofaol fuqaro” maqomini olgan shaxslar ro‘yxati Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.