Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining VIII bo‘limiga “Qimmatbaho metallar” hamda “Qimmatbaho toshlar” atamalarining huquqiy maʼnosi kiritildi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish,
qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar musodara qilinib, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki o‘ziga nisbatan maʼmuriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.