Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.04.2026 yildagi O‘RQ-1135-son
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, kam taʼminlangan shaxslar, agar ular muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rov “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan, Konstitutsiyaviy sudga shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga ko‘ra Konstitutsiyaviy sud tomonidan yuboriladi.