ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-1 hamda 43-2-moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.04.2026 yildagi O‘RQ-1134-son

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni undirishga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi:

pochta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlari;
kommunal xizmatlar to‘lovi yuzasidan qarzdorlik;
ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik;
BHMning 5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summani undirish.

Qonunda davlat ijrochisi soddalashtirilgan tartibda ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo‘llashi belgilangan: (https://lex.uz/docs/26477#5956608)

undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish;

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.

Biroq, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yuqorida keltirilgan majburiy ijro etish choralari quyidagilarga oid ijro hujjatlariga nisbatan qo‘llanilmasligi belgilandi:

videokonferensaloqa xarajatlari;
kommunal xizmatlar to‘lovi yuzasidan qarzdorlik;
ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik