ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.04.2026 yildagi PQ-128-son

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan boshlab har yili quyidagilar o‘rtasida alohida-alohida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi 4 bosqichda o‘tkaziladi:

muddatli harbiy xizmatchilar;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar;
oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari kursantlari (kursantlar);
harbiy-akademik litseylar o‘quvchilari (o‘quvchilar).

Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida vazirlik va idoralarning muddatli harbiy xizmatchilari, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari, kursantlari hamda o‘quvchilari orasidan:

1-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibning har biri Oliy Bosh qo‘mondonning bosh sovrini – elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi;

2-o‘rinni egallagan 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 100 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi;

3-o‘rinni egallagan jami 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 70 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati rag‘batlantirish tariqasida 1 oyga qisqartiriladi.