Qarorga ko‘ra, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki 2026 yil yakunigacha tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 tadan bank filiallarida agroxizmat zonalarini tashkil etadi.
Agrobank zimmasiga qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yangi zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
sunʼiy intellekt, masofadan monitoring va “big-data” texnologiyalari asosida bank hamda qishloq xo‘jaligiga oid xizmatlarni ishlab chiqish.
Ekin maydonlari to‘g‘risida kosmik, ob-havo, o‘simliklar rivojlanishi holati bo‘yicha monitoring maʼlumotlarini markazlashgan holda tahlil qilish maqsadida Qishloq xo‘jaligi monitoring markazi tashkil qilinadi.
Agrobank orqali aholi xonadonlari, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga anjir, xurmo, olma va nok mahsulotlarini yetishtirish uchun yillik 18 foiz stavkada 24 oylik imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga kreditlar ajratiladi.