ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.02.2026 yildagi PQ-67-son

Qarorga ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalarga;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;

yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga. 

Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.

2026 yil 1 martga qadar Ro‘yxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.