ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2026 yildagi PQ-64-son

Qarorga ko‘ra, 2030 yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

 kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga – 145 trln so‘mga yetkazish;

kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSH dollaridan oshirish;

sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish o‘rinlarini 500 mingtaga yetkazish.

2026–2027 yillarda 1-bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi:

sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-obyekt va monumental sanʼat asarlari hududlaridan iborat yashil bog‘;

raqamli dizayn va dasturlash yo‘nalishida nufuzli xalqaro maktab;

buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;

badiiy ijodkorlar pavilyoni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi.