ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
“Ogʻir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.02.2026 yildagi PQ-51-son

 “Og‘ir” mahallalarga daromad keltiradigan aktiv sifatida 300–500 kVt soat quvvatdagi kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish hamda mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 110 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 1 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi kiritilishi belgilandi:

kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda loyihalashtirish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tender asosida pudrat tashkilotini aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;

kichik quyosh elektr stansiyalarini foydalanishga qabul qilish hamda boshqarish; 

kichik quyosh elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash.