ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.2025 yildagi O‘RQ-1108-son

Kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi holatda maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilandi:

agar soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan oxirgi 3 oy ichida soliq hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi 5 ish kunidan oshmagan bo‘lsa .

Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksdagi huquqiy taʼsir choralari jumlasiga “QQSni to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish kiritildi. 

Bundan tashqari, soliq qarzi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar va YATTlar soliq organiga soliq qarzini o‘z debitori hisobidan undirishni so‘rab murojaat qilishga haqli. 

Murojaatga o‘zaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi ilova qilinishi lozim. 

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari Prezident qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi ko‘zda tutildi.

Soliq to‘lovchining debitori bildirish xati olingan kundan eʼtiboran 10 ish kunida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart.