ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.12.2025 yildagi 784-son

Nizomga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni taqdim etadigan tashkilot tomonidan tadbirkor erishishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi.

Tadbirkorga subsidiyalar ajratilishi “subsidiya.mf.uz” platformasi orqali monitoring qilinadi.

Samaradorlikni baholashda manbalardan quyidagi ketma-ketlikda foydalaniladi:

tadbirkorning moliyaviy, soliq hisobotlari;

sohaviy idoralar yoki statistika idoralari maʼlumotlari;

qo‘llab-quvvatlash choralari natijalari yuzasidan tadbirkor tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar.

Samaradorlik har bir tadbirkor uchun iqtisodiy, moliyaviy (byudjet) va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha alohida baholanadi.

Tadbirkorga taqdim etilgan subsidiyalar quyidagi hollarda qaytariladi:

subsidiya shartnomasi (bitim) bo‘yicha tadbirkor tomonidan erishish lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilmaganda;

mablag‘lardan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgani aniqlanganda;

tadbirkor tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlarni noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatish va asossiz olingani holatlari aniqlanganda.