ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
“Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.12.2025 yildagi 776-son

Qarorga ko‘ra, “Kelajak” markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi oyiga BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:

2026 yil 1 yanvardan:

Toshkent shahrida – 30 foiz;
viloyatlar markazlarida – 25 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazmning Urganch shaharlarida – 15 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmning qolgan tuman (shahar)larida – 10 foiz;

2026 yil 1 sentyabrdan:

Toshkent shahrida – 60 foiz;
viloyatlar markazlarida – 50 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida – 30 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida – 20 foiz.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga, joriy oy uchun to‘lov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan to‘lanadi. Bunda sentyabr oyi uchun to‘lov 30-sanaga qadar amalga oshiriladi.

Ota-onalar to‘lovidan quyidagilar ozod etiladi:

“Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari (taʼlim oluvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida);

alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat o‘quvchilari;

yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining inklyuziv sinflarida taʼlim oladigan alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar.