ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.12.2025 yildagi 772-son

Nizom Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:

qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilishni tashkil etish va boshqarish;

sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga yetkazilgan zararning qiymati qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi doirasida to‘lanishini taʼminlash.

Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega, jumladan:

sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish;

vositachilar, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish.

Jamg‘arma faoliyati Jamg‘armaning boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.