ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.11.2025 yildagi PQ-333-son

Qarorga ko'ra, “Barsakelmes” tuz konida quyidagilar yo'lga qo'yiladi:

2026-yilda  kamida 50 mln AQSH dollari miqdoridagi investisiyalarni o'zlashtirish;

2026–2030-yillarda jami 200 mln AQSH dollari miqdoridagi investisiyalarni jalb qilish.

Qo'ng'irot tumanidagi “Barsakelmes” tuz koni hududida chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi.

2025–2026-yillarda 50 gektar yer uchastkasida investisiya loyihalari amalga oshiriladi, kelgusi yillarda zaruratdan kelib chiqib, Sanoat zonasi hududi 200 gektargacha kengaytirib boriladi.

Sanoat zonasida investisiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.