ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.09.2025 yildagi PQ-276-son

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi. 

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

muhandislik sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.

Filialda taʼlim faoliyati 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.