ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.09.2025 yildagi PF-162-son

Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan pedagogika yo‘nalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.

Mazkur stipendiya pedagogika yo‘nalishidagi har bir oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan 1 nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi. 

Maʼlumot uchun: ushbu stipendiyani tayinlash uchun talablar Prezidentning “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993 yil 5 fevraldagi PF–555-son Farmonida (https://lex.uz/docs/189598) belgilangan.